O‘tgan yili ishga tushirilgan Samarqand–Urgut temiryo‘lining Zarafshon daryosi yoqalab o'tgan qismi tabiiy ofatga duch keldi. Daryo sathining ko‘tarilishi va oqimning kuchayishi natijasida relslar tayanchsiz qolmoqda. O'zbekiston temiryo‘l transporti tizimi bunday holatlarni oldini olish uchun chora-tadbirlar ko‘rishi lozim.
Manba: Kun.uz
