YPX xodimlari tomonidan mamuriy ogohlantirish qanday holatlarda beriladi? Huquqbuzar o'z qilmishidan chin ko'ngildan pushaymon bo'lganda, Kodeksda belgilangan boshqa huquqbuzarlik alomatlari bo'lmagan taqdirda bazi qoidabuzarliklar uchun mamuriy ogohlantirish berilishi mumkin. Bular: 1. Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish (MJtK 125 moddasining 1 va 2 qismlari) 2. Boshqaruv vaqtida telefondan foydalanish, (MJtK 128 prim 1 moddasi) 3. Boshqaruv vaqtida tele-videodasturlarni tomosha qilish maqsadida monitordan yoki displeydan foydalanish (MJtK 128 prim 2 moddasi) 4. To'xtash yoki to'xtab turish qoidalarini buzish, (MJtK 128 prim 6 moddasi) 5. Majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonunchilikning talablarini buzish (MJtK 135 prim 1 moddasi) 6. Piyodalar va yo'l harakati boshqa ishtirokchilarining yo'l harakati qoidalarini buzishi (MJtK 138 moddasi 1 va 2 qismlari) Eslatib o'tamiz, mamuriy ogohlantirish ayni bir shaxsga nisbatan 1 yil davomida 1 marta qo'llanilishi mumkin.
Sport
YPX xodimlari tomonidan mamuriy ogohlantirish qanday holatlarda beriladi?
YPX xodimlari tomonidan mamuriy ogohlantirish qanday holatlarda beriladi? Huquqbuzar o'z qilmishidan chin ko'ngildan pushaymon bo'lganda, Kodeksda belgilangan boshqa huquqbuzarl...
