Yevropaning bir necha mamlakatlarida, jumladan Fransiya, Ispaniya, Portugaliya va Gretsiyada kuchli issiq tufayli yirik o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lmoqda. Minglab gektar yashil hududlar yoqilib, mahalliy aholi orasida katta xavotir mavjud. Jumladan, Fransiyaning janubida ikki kishi jabrlanib, besh mingga yaqin aholi evakuatsiya qilindi. Yong‘inlarni o‘chirish uchun ko‘plab o‘t o‘chiruvchilar va maxsus texnikalar jalb etilmoqda.
Manba: Kun.uz

