O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan yangi qonun bilan, advokatlar jinoyat ishlarida himoya fikrini taqdim etish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ushbu huquq dastlabki tergov yoki surishtiruv yakunlangandan so'ng 5 sutka ichida ishlatilishi kerak. Endi sudga taqdim etilgan ishda ayblov xulosasiga qo'shimcha ravishda himoya fikri ham kiritilishi lozim, bu esa sud jarayonlarida adolatni ta'minlashga xizmat qiladi.

Manba: Kun.uz