Fotima Nazarova, Shahzoda Albayeva va Komila Murodova - bu uchta ayol nafaqat vaynlar yaratishi, balki hayotlaridagi qiyinchiliklar bilan ham kurashishi bilan tanilgan. Ularning har biri o'z hayotida og'ir sinovlardan o'tgan: biri sahnada tan olinmaydi, biri farzandlarini tarbiyalash uchun kurashmoqda, yana biri bolaligida ko'rgan bullinglar sabab aktrisalik orzusini amalga oshirmoqda. Ushbu uchlik ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarini topib, qiyinchiliklardan kulgi yaratib, hayotga umid va ijobiylik bilan yondashmoqda.

Manba: Kun.uz