Toshkentda xalqaro universitetlar shaharchasini tashkil etish uchun takliflar ishlab chiqilmoqda. Prezident huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda xorijiy oliygohlarning filiallarini jalb qilish va kampuslar, talabalar turar joylarini barpo etish masalalari muhokama qilindi. Bu loyiha O‘zbekistonda ta'lim sifatini yaxshilash va xalqaro darajadagi bilim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Manba: Kun.uz