Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Lacetti rusumli avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi o‘tish qoidalarini buzganligi sababli avtomobil boshqaruvdan chiqib, chiroq ustuniga borib urilgan. Hodisa joyiga tez yordam va tegishli nazorat xizmatlari yetib bordi.

Manba: Kun.uz