O‘zbekistonning “Tashabbusli budjet” dasturida yangi mavsum boshlandi. Mahalliy aholi, Openbudget.uz portali orqali o‘z takliflarini kiritishi mumkin. 2023 yil uchun ajratilgan budjet miqdori 2,2 trillion so‘mni tashkil etadi. Avvalgi sikllarda g‘olib bo‘lgan 1122 ta mahalla bu safar tashabbus kiritishdan cheklangan, ammo ular qo‘shni hududlarni qo‘llab-quvvatlash imkoniga ega.
Manba: Kun.uz


