Oliy Majlis Senati o‘n yettinchi yalpi majlisida O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi. Milliy ma’ruzada mamlakatning raqobatbardoshligi, investitsiyaviy jozibadorlik va davlat boshqaruvi samaradorligi kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Tanzila Norboyeva bu reytinglarning faqat raqamlar emas, balki mamlakat imijini shakllantirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
Manba: Kun.uz


