O‘zbekiston hukumati 2026 yil 1 iyuldan boshlab talabalar turar joylarini qurish bo‘yicha yangi tartibni joriy etadi. Yangi qoidalar asosida, davlat OTTlari buyurtmasi bilan tadbirkorlar tomonidan 50 o‘rinli yotoqxonalar qurish amaliyoti bekor qilinmoqda. Endilikda, talabalar turar joyi kamida 200 o‘rinli loyihalar doirasida amalga oshirilishi lozim.

Manba: Kun.uz