🔥 Surxondaryoda 2,5 kg opiy moddasi, Toshkentda 3 kg ko‘knori boshoqlari musodara qilindi 1️...
🔥 Surxondaryoda 2,5 kg opiy moddasi, Toshkentda 3 kg ko‘knori boshoqlari musodara qilindi 1️⃣ Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Dav...
🔥 Surxondaryoda 2,5 kg opiy moddasi, Toshkentda 3 kg ko‘knori boshoqlari musodara qilindi 1️⃣ Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “o‘zbek-afg‘on” davlat chegarasining Termiz tumani hududidan o‘tuvchi qismida noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan umumiy og‘irligi 2 kg 562 gr bo‘lgan “opiy” giyohvandlik vositasi olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uning egalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. 2️⃣ “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlarining ikkinchi bosqichi doirasida DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi 1974 y.t shaxsning yashash xonadonida 2 kg 930 gr ko‘knori boshoqlari borligi aniqlanib, protsessual tartibda olib qo‘yildi. Xozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 🔥 Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.
