O‘zbekistonning «Surxon» davlat qo‘riqxonasi 1986 yilda tashkil etilganidan beri ilk bor jayronlar qayd etildi. Mutaxassislar bu hodisani hududda yaratilgan qulay tabiiy sharoit va bioxilma-xillikni muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan samarali ishlar natijasi deb bilishyapti. Bu yangilik qo‘riqxonaning ekologik barqarorligini yanada oshirishga yordam beradi.
Manba: Kun.uz

