O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi. Uchrashuvda Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan mehmon bilan muloqot qilindi. Prezident, shuningdek, shayxulislomning musulmon dunyosidagi ilm-fan va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan hissasi munosabati bilan unga O‘zbekistonning eng yuksak mukofoti – “El-yurt hurmati” ordenini topshirdi.

Manba: Kun.uz