O‘zbekistonlik shifokorlar uchun Italiyaning Sardiniya hududida ish o’rinlari ochildi. Migratsiya agentligi tomonidan taqdim etilayotgan dastur orqali nomzodlar bepul italyan tili kursi, turar joy, tibbiy sug‘urta bilan birga, oyiga 5 ming yevrogacha maosh olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu dastur shifokorlar uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi va ularning professional malakasini oshirishga yordam beradi.

Manba: Kun.uz