Rossiyaning Saratov viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodi Ukraina dronlari hujumi natijasida noaniq muddatga ishini to'xtatdi. Agentlik manbalariga ko'ra, zarba zavodning asosiy texnologik qurilmasiga ta'sir ko'rsatgan. Bu hodisa Rossiyada yonilg'i taqchilligi kuchayib borayotgan bir vaziyatda yuz berdi.

Manba: Kun.uz