2023-yilning 15-16 iyul kunlari Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida transport sohasiga bag‘ishlangan "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu tadbir davlat va xususiy sektorda transport sanoatini rivojlantirish, yangi texnologiyalarni tatbiq etish va sanoat vakillarini birlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Manba: Kun.uz

