Germaniyaning Bild nashriga ko‘ra, Rossiyaning Kaliningrad shahridagi «Avtotor» zavodi BMW avtomobillarini rasmiy ruxsatsiz to‘plamoqda. BMW konserni bu holatni tanqid qilib, ushbu mashinalar 2022 yildan buyon sifat nazoratidan o‘tmaganini ta’kidlagan. Kompaniya iste’molchilarga ushbu mashinalarni sotib olmaslikka chaqirmoqda.

Manba: Kun.uz