Rossiya hukumati ilk marotaba mamlakatdagi yoqilg‘i tanqisligining sabablarini tushuntirib berdi. Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novakning ma'lum qilishicha, Ukraina tomonidan neftni qayta ishlash zavodlariga uyushtirilgan dron hujumlari natijasida ayrim zavodlar qisman ishdan chiqqan. Bu esa benzin va dizel ta’minotida uzilishlarga olib kelib, ayrim hududlarda navbatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Manba: Kun.uz


