O‘zbekiston qurilish sohasida muammolarga sabab bo‘layotgan qonuniy bo‘shliqlarni tugatish uchun yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ta’kidlanishicha, tajribasi yetarli bo‘lmagan quruvchilar soni oshib, muammoli qurilish ob’ektlari ko‘paymoqda. Ushbu qonun loyihasi ulush kiritgan shaxslarning mablag‘larini himoya qilish va ko‘p kvartirali uylarni qurish bo‘yicha alohida tartiblarni belgilashni maqsad qilgan.

Manba: Kun.uz