O‘zbekiston rahbarlari tomonidan belgilangan yangi qoidaga ko‘ra, nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta va qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini taqdim etuvchi muassasalar faoliyati xavf darajasi asosida baholanadi. Ushbu muassasalar past xavf toifasiga kiritilgan taqdirda, ular ustidan hech qanday tekshirishlar o‘tkazilmaydi. Bu qadam ta’lim sohasidagi dasturlarni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan.

Manba: Kun.uz