O‘zbekistonliklar hozirda AQSh va Rossiya kompaniyalarining navigatsiya xizmatlaridan foydalanmoqda. Soha mutaxassislari Prezidentga o‘zimizning milliy navigatsiya tizimimizni qurish taklifini berdi. Bu yangi tizim geoma’lumotlarni yagona standartda taqdim etib, transport va davlat xizmatlari kabi muhim sohalarda samaradorlikni oshirishga yordam beradi.

Manba: Kun.uz