Yosh dasturchi Saidburxon Shuhratov tomonidan yaratilgan “Tikoncha” ilovasi, o‘smirlarni virtual qimor va raqamli qaramlikdan himoya qilish maqsadida taqdim etildi. Ushbu loyiha respublikadagi maktab hududlarida o‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarni avtomatik ravishda bloklaydi va davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ilovani joriy qilish uchun 200 ming dollar grant ajratilgan.

Manba: Kun.uz