O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8–9 iyul kunlari rasmiy tashrif bilan Belarusga boradi. Ushbu tashrif davomida oliy darajadagi muzokaralar o'tkazilishi va ishbilarmon doiralari ishtirokida uchinchi Hududlararo forum tashkil etilishi rejalashtirilgan. Tashrifning maqsadi ikki davlat o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdir.

Manba: Kun.uz