O‘zbekiston Qonunchilik palatasida Mehnat kodeksiga o‘zgarish kiritish bo‘yicha yangi qonun loyihasi birinchi marta ko‘rib chiqildi. Ushbu loyiha doirasida shahvoniy shilqimlikka qarshi qoidalar joriy etilishi taklif etilmoqda. Deputatlar mazkur qonun loyihasini qabul qilish natijasida ish joyida axloqiy tamoyillarning yaxshilanishiga umid bildirmoqda.

Manba: Kun.uz