O'zbekiston Markaziy banki huzurida Islomiy moliya kengashi tashkil etildi. Kengash, islomiy moliya standartlari loyihalarini xalqaro standartlar va mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda ishlab chiqadi. Shuningdek, kengash Markaziy bankka islomiy moliya faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha xulosa hamda tavsiyalar beradi. U, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ham ishtirok etadi. Ushbu kengash mamlakatda islomiy moliya tizimining rivojlanishiga hissa qo‘shishi kutilmoqda.
ManbaKun.uz