Toshkent viloyatidagi Katta Chimyon tog‘ida sayr qilayotgan ikki shaxs yo‘ldan adashib, tog‘dan tushish imkonini yo‘qotdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tezkor ravishda voqea joyiga yetib kelib, fuqaroning sog‘-salomatligini ta'minlab, ularni qutqarish operatsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Manba: Kun.uz


