Toshkent viloyatidagi Bo‘stonliq tumanida joylashgan Katta Chimyon tog‘ida sayr qilayotgan bir fuqaro oyog‘idan jarohat oldi. U mustaqil harakatlana olmay, yordamga muhtoj bo‘lib qoldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tezda hodisa joyiga yetib borib, jarohatlangan shaxsga amaliy yordam ko‘rsatdi va uni xavfsiz hududga olib chiqdi.
Manba: Kun.uz

