Toshkent va Samarqandda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar uchun ijara pulida muhim o'zgarish kutilmoqda. Vazirlar Mahkamasining yangi qaroriga ko'ra, ularga turar joyni ijaraga olish uchun to‘lanadigan har oylik kompensatsiya 25 foizga oshiriladi. Bu chora harbiy xizmatchilarning turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Manba: Kun.uz