Germaniya 2026 yilga mo‘ljallangan mudofaa xarajatlarini 124,7 milliard yevrogacha ko‘tarishini e’lon qildi. Bu ko‘rsatkich mamlakat tarixida rekord o‘rindagi o‘sishni ifodalaydi va Germaniyani NATO davlatlari ichida AQShdan keyin ikkinchi eng katta mudofaa budjetiga ega davlat sifatida belgilaydi. Bu qaror, shuningdek, Germaniyaning mudofaa sohasidagi majburiyatlarini kuchaytirish hamda xalqaro xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan strategik rejalarning bir qismidir.

Manba: Kun.uz