Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi Mudofaa vazirligi bilan yangi shartnoma imzolagani haqida ma’lum qilindi. Ushbu shartnoma doirasida gaz ta’minoti obektlarini qo‘riqlash va patrul qilish uchun mobil o‘t ochish guruhlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, shartnomaga ko‘ra, ushbu guruhlarga kiruvchi xodimlar harbiy xizmatchilar maqomiga ega bo‘lmaydi, balki safarbarlik rezervi tarkibida ishlaydi.
Manba: Kun.uz

