O‘zbekiston hukumatining yangi qaroriga ko‘ra, 30 yoshdan oshgan avtomobillar egalaridan olinishi belgilangan ekologik kompensatsiyadan voz kechildi. Chiqindilarni boshqarish agentligi, eski mashinalarni bozordan sotib olish va egalariga naqd pul yoki yangi avtomobil uchun boshlang‘ich to‘lov sifatida berish imkoniyatini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Ushbu chora-tadbirlar, transport vositalarini yaroqsiz holatdan chiqarish va ekologik muammo bilan kurashishda samarali bo‘lishi kutilmoqda.
Manba: Kun.uz

