Interpolning tashabbusi bilan o‘tkazilgan xalqaro operatsiyada 59 mamlakatda odam savdosi bilan bog‘liq 1000 dan ortiq shaxs qo‘lga olindi. Ushbu operatsiya davomida 2000 dan ortiq jabrlanuvchi aniqlangan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi fohishalik, tilanchilik va boshqa jinoiy faoliyatlarga majbur qilingan. Bu global muammo bilan kurashda jiddiy bir qadam sifatida baholanmoqda.

Manba: Kun.uz