Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida, 2026 yilning ikkinchi choragida dori narxlarini sun’iy ravishda oshirib qo‘llagan 237 ta dorixona aniqlangan. Ushbu dorixonalar 1,9 milliard so‘m miqdoridagi asossiz daromad olgani ma’lum bo‘ldi. Bu holat dori vositalariga belgilangan cheklangan savdo ustamalarining buzilishi sifatida baholanmoqda.

Manba: Kun.uz