O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklarni himoya qilish sohasida yangi tartibni belgiladi. Endi daraxt va butalarni sanitar maqsadida kesish, shakl berish va ruxsat etilgan o‘lchamlarda ko‘chirib o‘tqazish ishlari kuz mavsumi davomida, ya’ni vegetatsiya davri oxiriga yetgandan so‘ng 1-aprelgacha amalga oshirilishi kerak. Bu qoidalar yaproq va igna bargli o‘simliklar uchun amal qiladi.
Manba: Kun.uz
