Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida dala hovlisida dam olayotgan fuqaro quduqqa tushib ketdi. Ushbu hodisa haqida tezda xabar topgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, fuqroni quduqdan olib chiqishni amalga oshirdi. Qutqarilgan shaxs tibbiyot xodimlariga topshirildi va uning ahvoli yaxshi ekanligi ma'lum qilindi.

Manba: Kun.uz