O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va ko‘p asrlik do‘stlik munosabatlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Ushbu muloqot, ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
Manba: Kun.uz


