AQSh harbiy kuchlari Eronning bir qator strategik harbiy obektlariga kuchli zarbalar berdi. Vashington bu harakatlarni, Eron tomonidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozida uchta savdo kemasiga qilingan hujumlarga javob sifatida amalga oshirilganini ta’kidlamoqda. Eron esa AQShning bunday harakatlarini sulh kelishuvining qo‘pol buzilishi sifatida qabul qilmoqda va buni xuddi shunday qattiq qarshi javob bilan kutib olishga tayyor ekanligini bildirgan.
Manba: Kun.uz

