Andijonda sodir bo‘lgan avtohodisa natijasida bir buvi va uning ikki nabirasi halok bo‘ldi. Tezlikni oshirib, boshqa avtomobillar bilan poyga o‘ynab harakatlangan Malibu avtomobili yo‘l berayotgan boshqa transportlardan o‘tib, piyodalar yo‘lagidan o‘tgan shaxslarni urib yuborgan. Ushbu murakkab holat qasddan odam o‘ldirish sifatida baholanmoqda va tergov ishlari davom etmoqda.

Manba: Kun.uz