O‘zbekistonda 30 yil va undan ortiq ishlatilgan avtomobillarning egalari uchun har yili majburiy ekologik kompensatsiya to‘lovini joriy etish rejasidan voz chiqildi. Jamoatchilik muhokamalari davomida bu norma ko‘plab bahslarga sabab bo‘lib, qonun loyihasidan olib tashlangan. Endi ushbu avtomobillar egalariga yangi to‘lov majburiy bo‘lmaydi.

Manba: Kun.uz