O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimini xalqaro standartlarga mos keladigan darajada takomillashtirish maqsadlarini belgilab berdi. 2030 yilgacha bir qator oliygohlarni eng nufuzli universitetlar qatoriga qo'shish, integratsiyalashgan ta’lim dasturlarini kengaytirish va Toshkentda xalqaro universitetlar shaharchasini tashkil etish plani ishlab chiqilgan. Bu tashabbuslar O‘zbekiston ta’lim sohasining global talablarga javob berishini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.

Manba: Kun.uz