O‘zbekistonda xarid cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslarga to‘lanadigan 1 foizlik keshbek amaliyoti bekor qilinishi mumkin. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti tomonidan qilinayotgan hisob-kitoblarga ko‘ra, agar keshbek davom etsa, davlat budjeti xarajatlari joriy yilda 1,8 trillion so‘mga yetishi tahmin qilinmoqda. Bu mablag‘ bog‘chalar qurilishi uchun ajratilgan summadan ikki baravar ko‘pdir. Shuningdek, keshbek o‘rniga davlat lotereyasini joriy etish taklifi berilgan.

Manba: Kun.uz